17:14 / 28.02.2019
4 902

2018 yilda OKning Oʻzbekistondagi yutuqlari

2018 yilda OKning Oʻzbekistondagi yutuqlari
Har oyda Oʻzbekistonliklar OK xizmati orqali 1 milliondan ortiq qoʻngʻiroqlarni amalga oshiradilar, ijtimoiy tarmoqdagi videolar esa 20 milliondan ortiq tomosha qilinadi. Eng yuqori oʻsish surʼati 2018 yilning ikkinchi yarmida qayd etildi – faol foydalanuvchilar soni 2 milliondan oshdi. Tadqiqodlar foydalanuvchilar asosida olib borilgan.

Har oy Oʻzbekistonda OKga 2 milliondan koʻp foydalanuvchilar kiradi, bunda 2018 yilning ikkinchi yarmidagi foydalanuvchilar sonining oʻsish surʼati soʻngi bir necha yillar ichidagi eng yuqori oʻsish deb qayd etildi. Oʻzbekistonlik foydalanuvchilarning asosiy qismini erkaklar tashkil qiladi: erkak foydalanuvchilar ulushi 77 foizni tashkil etdi. Davraning asosiy qismini 18-25 va 26-35 yoshdagi kishilar tashkil etadi.

Muloqot

MDH davlatlari oʻrtasida oʻzaro xabarlashuvlarda Oʻzbekistonliklar barchalardan koʻra faolroq boʻlib chiqdilar: kunlik auditoriyaning 32 foizi ushbu xizmatdan foydalanadi. Solishtirish uchun jahon boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich – OK davrasining 25 foizini tashkil etadi.

Oʻzbekistonliklar koʻproq OKning mobil ilovasidan foydalanadilar (1 million foydalanuvchi). 2018 yilda Odnoklassniki ovozli va videoqoʻngʻiroqlarni, shu jumladan ommaviy guruhli qoʻngʻiroqlarni qayta ishga tushirdi. Sunʼiy intellekt negizidagi xususiy moslashuvchan texnologiya yordamida ommaviy konferensiyaga aloqaning yuqori sifatini saqlagan holda 100 tagacha foydalanuvchilarni ulash imkonini beradi. Oʻzbekiston hududida ovoz va videoqoʻngʻiroqlar soni oyiga 1,1 millionga yetdi.

Kontent

OKning faol va sodiq davrasi har kuni katta xajmdagi axborot ayrib boshlashi bilan, tarmoqning yuqori falligini saqlab kelmoqda. Foydalanuvchilar koʻp hollarda koʻrib chiqilgan qiziqarli kontentni muhokama qiladilar va uni oʻz akkauntlarida ulashadilar. Yangiliklar tasmasidagi eʼlonlarni koʻrish bir yilda 35 foizga oʻsdi. Bunda foydalanuvchilar brend kontentlarini muhokama qilishga faol jalb etilmoqdalar. Shu tariqa, 2018 yil yakunlariga koʻra, obunachilar soni boʻyicha eng taniqli guruh Oʻzbekistondagi yirik uyali aloqa kompaniyalardan birining hamjamiyati boʻldi.

2018 yilda har oyda eʼlonlarga qoʻyiladigan “klass” baholari 50 milliondan oshdi, ularning jamlangan miqdori bir yil ichida 17 foizga koʻpaydi.

Oʻzbekistonda videokontenga boʻlgan talab ortib bormoqda: foydalanuvchilar va guruhlarga tegishli roliklarni bir oyda 215 milliondan koʻp marotaba tomosha qilinadi.

OKning Oʻzbekistondagi foydalanuvchilari har kuni nafaqat muloqot qiladi, oʻyin oʻynaydi, video koʻradi, balki musiqa ham tinglaydi. Oʻzbekistonliklar oʻrtasida musiqa kontenti mashhurligi darajasi bir yil ichida 49 foizga oshdi.

Shu bilan birga OK jadal oʻsib borayotgan mobil oʻyinlari segmentlariga katta eʼtibor qaratgan holda oʻzining xususiy oʻyin platformasini rivojlantirib bormoqda. Shu tariqa, 2018 yilda HTML5 mobil oʻyinlari ishlab chiqaruvchilari uchun chempionat oʻtkazildi. Ijtimoiy tarmoqda bir yil ichida 100 dan koʻp yangi mobil loyihalar yuzaga keldi, ishlab chiqaruvchilarning daromadi 2,7 baravar oshdi. Oʻzbekistonda mobil oʻyinlari davrasi oxirgi yil ichida 2,3 baravar oʻsdi.

OAV

Odnoklassnikida siyosiy mavzular va dolzarb yangiliklarni yoritib boruvchi OAVlar Oʻzbekistonliklar oʻrtasida juda mashhurligicha qolmoqda. Ayniqsa, mahalliy OAVlari katta hurmatga ega. Obunachilar soni boʻyicha eng yuqori 5 talikka kirgan OAV guruhlari qatorida Kun.uz, Daryo.uz kabi resurslar oʻrin oldi.

OK va biznes

Ijtimoiy funksiyalardan tashqari, OK foydalanuvchilar va biznesning qulay va samarali hamkorligiga katta eʼtibor qaratmoqda. 2018 yilda OK media reklamasini joylashtirish uchun eng asosiy maydonchalaridan biri boʻldi. Yangi formatlarni ishlab chiqarish reklama hajmlarini koʻpaytirish va reklamani joylashtirish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratdi. Videoreklama formati oʻsish surʼatlari boʻyicha yetkachi boʻldi. Oʻzbekiston OKning reklamadan olgan tushumi boʻyicha mamlakatlar oʻntaligiga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2018 yilda OKning Oʻzbekistondagi yutuqlari