
Foto: “Rbc.ru”
“Telegram” shunchaki muloqot vositasi boʻlib qolmay, yaxshigina ish quroli hamdir. Fikr almashasiz, foto va videofayllarni, muhim yangiliklarga havolalarni bemalol boshqalarga ham ulasha olasiz.
Bu messenjerda oʻzingizga oʻzingiz yozishingiz ham mumkin. Qanday qilib?
Albatta, fleshkasini unutib qoldirganlar elektron pochta yoki telegramda faylni boshqalarga “joʻnatish” usulidan foydalanishidan xabardormiz. Ammo har doim ham bu usul oʻzini oqlayvermaydi. Yaxshisi oʻzingizga oʻzingiz yozing!

Telegramdan fleshka sifatida foydalanish juda oson!
Buning uchun kontaktlar roʻyxatidan oʻzingizni topasizda (roʻyxatda boʻlmasangiz shaxsiy telefon raqamingizni kontaktlarga kiriting) xabarlarni (foto, video, havolalar va hokazo fayllar)ni joʻnataverasiz. Bunda, albatta, fayllarning “ogʻirligi” va internet-trafigingiz sarfini ham unutmang.
Yuqoridagi usul fayllarni hadeb fleshkaga yoki “Dropbox”ga tashlayverishdan qulay va oson. Hech mubolagʻasiz, “Telegram”ingiz boʻlsa, sizga “Dropbox” ham, yondaftar ham kerakmas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar