
Bu dasturni Yaponiya olimlari “VaakEye” deb nomlashdi. Bu aslida alohida sunʼiy intellekt hisoblanadi. Uning vazifasi savdo markazlari, supermarketlar, gipermarketlarda oʻgʻirlik sodir etishi mumkin boʻlgan oʻgʻrining kimligini kuzatuv kameralari orqali aniqlab, sotuvchi yoki doʻkonlar egalariga shu haqda xabar berishdan iborat.
Demak, alohida shaxsning aslida oʻgʻri ekani, niyati yomonligi aniqlangach, mutasaddilar uni doʻkondan haydab chiqarishadi. Toʻgʻri, hali oʻgʻirlik sodir etmagan odamni jinoiy javobgarlikka tortib boʻlmaydi. Shunga yarasha doʻkondorlar navbatdagi koʻngilsizlikning oldini olishadi.
Sunʼiy intellekt test sinovlari davomida Tokio savdo markazlarida yetti nafar oʻgʻrini oldindan aniqlab, moddiy yoʻqotishlar, koʻngilsiz hodisalarning oldini olishga ulgurdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar