“Samsung” yangi audiotizim ishlab chiqarishini e’lon qildi

“Samsung” kompaniyasi yangi WAM7500/6500 tizimini ishlab chiqarishi haqida xabar berdi, deb yozadi Kun.uz.
Bu tizim Las-Vegasda 2015 yilda bo‘lib o‘tadigan “Consumer Electronics Show” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
Bu audiotizim AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Valensiya shahridagi “Samsung” laboratoriyasida yaratilgan bo‘lib, ikki xil kщrinishda, stasionar va mobil ko‘rinishlarida ishlab chiqariladi. Ikkala model ham cho‘zinchoq shaklga ega bo‘lib, panoramali ovoz hosil qilishga imkon beradigan “Ring Radiator” tizimi bilan jihozlangan.
Avvalroq kompaniya “CES 2015” ko‘rgazmasida bukiluvchan displey va kompaniyaning bukilgan ekranlari uchun ishlab chiqariladigan “Curved Soundbar” audiotizimi bilan jihozlangan “Series 7 AIO” kompyuterini namoyish qilishini ma’lum qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing