date

Jurnalistlar uchun “Aloqada boʻl-2015” ijodiy tanlovining gʻoliblari e'lon qilindi

Jurnalistlar uchun “Aloqada bo‘l-2015” ijodiy tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi

Beeline va ICTNEWS saytining tahririyati aloqa va telekommunikasiya sohasi haqidagi eng yaxshi jurnalistlik ishi uchun o‘tkazilgan “Aloqada bo‘l-2015” tanlovining yakunlarini sarhisob qildilar. Tanloviga ishlar 2015 yilning 9 oktyabtidan 15 dekabriga qadar qabul qilingan va ushbu vaqt mobaynida pr@beeline.uz elektron manziliga O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi OAV dan o‘nlab arizalar keldib tushgan.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: ““Aloqada bo‘l” tanlovini to‘rt yil davomida o‘tkazib kelmoqdamiz, va bu vaqt ichida uning nafaqat soni, balki sifati ham o‘zgardi. 2012 yilda jurnalistlar ishida aksariyat mavzular telekom-sohaga mansub bo‘lgan bo‘lsa, bugun yuborilgan ishlarda jahon raqamli revolyusiyasining ta’siri sezilib turmoqda – tanlov ishtirokchilari mobil ilovalar, devayslar, texnologiyalar, elektron hukumat va boshqa mavzularda yozganlar. Telekom-jurnalistika darajasi kun sayin oshib bormoqda, va bu so‘zsiz soha ishtirokchilari, o‘quvchilari va tomoshabinlarini hursand qiladi”.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tabriklash marosimi 18 dekabr kuni Darhon biznes-markazida o‘tkazildi. Ettita ishtirokchiga esdalik haykalchalari, g‘oliblik diplomi, shuningdek qimmatbaho sovg‘alar: Samsung Galaxy Note 10.1 plansheti (I o‘rin), Samsung Galaxy S III Mini smartfoni (II o‘rin), UZTE Grand V7 smartfoni (III o‘rin) va Wi-Fi routerlar berildi.

Mobinfo.uz sayti muharriri Jamoliddin Turdimov “Aloqada bo‘l” tanlovining g‘olibi, deb tan olindi. Ikkinchi o‘rinni Potrebiteli.uz saytidan Yuliya Aipkina egalladi. Uchinchi o‘rin Sharh.uz muxbiri Sharofitdin Tuleganovga berildi, Askar Yakubov, Boris Babaev, Malika Reymbaeva va Raximjon Sultonovlar esa tanlov laureatlariga aylandilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Jurnalistlar uchun “Aloqada boʻl-2015” ijodiy tanlovining gʻoliblari e'lon qilindi