Foto: «Fotolia»
Smartfonni 100 foiz quvvatlash — akkumulyator uchun zararli. Bu haqda «Mail.ru Hi-Tech» rahbari Dmitriy Ryabinin ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, bu yerda muammo qurilma to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng elektr tokidan vaqtida uzib qo‘yilmasligidir.
— Smartfon quvvat olib bo‘lganidan keyin ham elektr tokida qolsa, akkumulyatori kuchini 100 foizda saqlab qolish uchun to‘yinishda davom etadi, ya’ni tarmoqdagi kuchlanish oqibatida qizib boraveradi, — dedi Ryabinin.
Ekspert smartfon ekranida quvvat 90 foizga yaqinlashgani haqida xabar paydo bo‘lganidan keyin quvvatlash moslamasini tokdan uzib qo‘yishni tavsiya qildi.
Yana qo‘shimcha qilinishicha, akkumulyatorni «o‘tirib qolgunicha» ishlatib, keyin o‘chiq smartfonni tokka ulash ham akkumulyator umrini qisqartiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi