«Samsung» kompaniyasi marketing maqsadida o‘zining inqilobiy gadjeti – «Galaxy Fold» buklama smartfonining bir nechtasini tavsif qilish uchun jurnalistlarga tarqatgandi. Ammo ularning displeyidagi nosozlik tufayli reklama kampaniyasi aks ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda «Terabayt» xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, janubiy koreyalik texnogigant endi o‘sha «Galaxy Fold»larning barchasini qaytarib olishga kirishgan. Shu bilan birga, ushbu modelning AQShdagi savdosi to‘xtatilgan, Xitoyda sotuvga chiqarilishi kechiktirilgan.
«Galaxy Fold» smartfonlarining eng muhim joyi – ekranida muammo chiqqan: ayrimlarida displeyning ba’zi joylari bo‘rtib qolgan, boshqalarda esa uning sensori teginishlarni to‘g‘ri qabul qilmagan... Ba’zi jurnalistlar esa, bilmasdan ekranning ustki qatlamini olib tashlashgan – ular buni shunchaki sotuvdan avval displey yuzasini himoyalash uchun qo‘yilgan plyonka deb o‘ylashgan.
«Samsung»ning anonim qolishni istagan bir xodimi so‘zlariga ko‘ra, bu muammolar «Galaxy Fold» sotuvga chiqishidan avval ham kuzatila boshlagan ekan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi