Foto: Samsung
Samsung mobil kontentni qulay ko‘rish uchun ekranini vertikal holatga burish mumkin bo‘lgan 43 dyuymli Sero televizorini ishlab chiqardi. Kompaniya televizor vertikal videoni ko‘rishni xush ko‘ruvchi yoshlar orasida ommalashishiga umid qilmoqda.
Televizor birinchi navbatda mobil kontentni ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Uni NFS texnologiyasi yordamida smartfonga ulash mumkin. Televizorni qolgan vaqt odatdagidek ishlatish mumkin.
Foto: Samsung
Bundan tashqari, Sero’ga 60 vattli karnay va sabvuferlar o‘rnatilgan. Buning hisobiga televizorni musiqiy markaz sifatida ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Undan shuningdek raqamli fotoramka sifatida foydalanish ham mumkin. Televizorga Bixby ovozli yordamchisi o‘rnatilgan.
Foto: Samsung
Samsung yangi televizorni Janubiy Koreyada may oxirida 1600 ming dollar atrofida sotuvga chiqaradi. Televizorning qolgan davlatlarda sotuvga chiqarilishi borasida hozircha ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi