Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Qo‘qonda yiliga 10 ming donagacha elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Loyiha qiymati - 300 million dollar, dastlabki seriyali elektromobilni ishlab chiqarish 2023 yilga mo‘ljallangan.
«Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida avtomobillarni seriyali ishlab chiqarish tashkil etiladi. Quvvati yiliga 10 ming dona elektromobil bo‘lgan zavod qurilishi 2021 yilda boshlanishi kerak.
Loyihada Janubiy Koreyaning Hyundai, Evergreen Motors (MDHda KIA va Hyundai rasmiy distribyutori), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ishtirok etadi. Loyihani amalga oshirish natijasida 1000 ish o‘rni yaratiladi.
Bu Hyundai’ning O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasidagi birinchi loyihasi emas. Kompaniya Namangan viloyatida 1 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk avtomobillari, shaharlararo va turistik avtobuslar, shuningdek, maxsus transport vositalari yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi