Tarmoqda yangi Xiaomi Mi 5 flagmanining suratlari paydo bo‘ldi

Xitoylik axborot manbalari yangi Xiaomi Mi 5 flagman (oliy toifali) smartfonining “josuslik” suratlarini e’lon qildi. Uskuna hali rasman taqdim etilmagan, biroq u haqdagi axborotlar Internetda etarlicha tarqalib ulgurdi. Bu haqda Terabayt.uz xabar bermoqda.
Axborot manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, 310 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Xiaomi Mi 5 Snapdragon 820 prosessori, 5,2 dyuym diagonal va 1920 x 1080 piksel sig‘imli ekran, 4 GB operativ hamda 16 GB doimiy xotira, shuningdek, 16 megapikselli kamera va 3030 mAs hajmli batareya bilan ta’minlanadi. 389 dollarlik model esa 5,5 yoki 5,7 dyuymli (quad HD yoki 2K) ekran hamda 4 GB operativ, 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.
Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri smartfonning oltin, oq, pushti va qora rangdagi to‘rt xil ko‘rinishdagi tasvirlarini e’lon qildi.


Suratlarda barmoq izi skaneri joylashtirilishi lozim bo‘lgan ingichka “uy” (Home) tugmachasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. OAVda tarqalgan ma’lumotlarga Xiaomi Mi 5 nafaqat ingichka, balki eng tezkor barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Displey esa 2.5D, smartfonning orqa tomoni esa bir oz egilgan 3D oynasi bilan qoplanadi.
Bundan tashqari, Internetda muallif unda Xiaomi Mi 5 tasvirlangan, deya tasdiqlayotgan qisqa videorolik ham paydo bo‘ldi. Videodan ko‘rish mumkinki, smartfon burchaklari renderlar (kompyuter grafikasi tasvirlari)dagi kabi unchalik kuchli qayrilmagan. Biroq kompaniya ekran diagonallari bir-biridan farq qiluvchi ikki smartfonni namoyish etishini ham inobatga olish lozim.
Xiaomi Mi 5`ning rasmiy taqdimoti 2016 yilning 21 yanvarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing