
Foto: «Deskgram»
«Samsung» kompaniyasi yangilangan «Galaxy A» turkumining ilk smartfonlarini taqdim etganidan atigi ikki oygina vaqt o‘tib, ularning «kichik» vakillari narxlari tushira boshlagan edi. Endi esa arzonlashuv yangi – «Galaxy A50» modeliga ham yetib keldi, deb xabar bermoqda «Terabayt».
Kutilganidek, bu smartfonning arzonlashuvi ham Hindiston bozoridan boshlandi. Hozirda «Galaxy A50» modelining standart – 4 GBlik tezkor va 64 GBlik ichki xotiraga ega varianti 22 dollarga arzonladi. Endi hindistonliklar uni atigi 267 AQSh dollariga teng narxda xarid qilishlari mumkin.
«Galaxy A50» smartfonining «katta», ya’ni 6/64 gigabaytlik xotira bilan ta’minlangan variantining narxi esa yaxshigina – 36 dollarga pasaydi. Ya’ni, endilikda Hindistonda uni 310 dollarga olish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar