«Xitoycha Apple» hamyonbop Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlarini taqdim etgach, ular global bozorga boshqa nom ostida chiqarilishi ma’lum bo‘lgandi. Terabayt.uz saytida ularning turli texnik xususiyatlari va hatto birinchi «jonli» rasmlari ham e’lon qilindi.
Kutilganidek, kecha – 11 iyun kuni kompaniya Yevropa bozoriga mo‘ljallangan Xiaomi Mi 9T smartfonini taqdim etdi. Bu o‘sha – Xitoy uchun ishlab chiqarilgan Redmi K20 modelining boshqa nom bilan chiqarilgan global versiyasidir. Afsuski, Snapdragon 855 protsessorli Redmi K20 Pro flagmanining yevropacha kloni – Xiaomi Mi 9T Pro qachon namoyish qilinishi (yoki umuman chiqish-chiqmasligi) haqida hozircha aniq xabar yo‘q.
Proshivkasi global ekanini aytmasa, xitoycha Redmi K20 bilan yevropacha Xiaomi Mi 9T orasida hech qanday farq yo‘q. Yangi qurilma ham o‘sha 6,39 dyuymlik AMOLED-displey bilan jihozlangan. Tomonlari o‘zaro 19,5:9 nisbatli ekranning tasvir uzatishi ham Full HD+ formatida (2340x1080 piksellik). Shuningdek, Redmi K20 modelining asosiy o‘ziga xosligi – korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi 20 megapiksellik (f/2.0) selfi-kamera ham saqlangan.
Xiaomi Mi 9T korpusining orqa panelida uch modulli bosh kamera mavjud bo‘lib, ularning birinchisida 48 megapiksellik Sony IMX582 datchigi hamda f/1.75 diafragmali ob’ektiv hamkorlik qiladi. Ikkinchi modul 8 megapiksellik sensor va f/2.4 diafragmali teleob’ektiv bo‘lsa, uchinchisi 13 megapiksellik keng burchakli kamera (f/2.4, ko‘rish burchagi 124.8°) hisoblanadi. «Sun’iy idrok»ka ega bosh kamera soniyasiga 960 kadr tezligida SlowMo video suratga olishga qodir.
Xitoycha versiyadagi singari bu smartfon ham Snapdragon 730 protsessori bazasida, 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydi. Doimiy xotirasiga ko‘ra Xiaomi Mi 9T ikki xil – 64 va 128 gigabaytlik talqinlarda taklif etiladi. Qurilmaning 4000 mA/soatlik akkumulyatori 18 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi.
Mi 9T ham zamonaviy – displeyga joylangan barmoq izi skaneriga, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipiga ega. Korpusida zamonaviy USB-C porti ham, quloqchin uchun 3,5 millimetrik standart audiotirqish ham mavjud. Xiaomi uni MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 9 Pie operatsion tizimi bilan chiqargan.
Xiaomi Mi 9T savdosi 17 iyundan boshlanadi, uning 6/64 gigabaytlik xotiraga ega varianti 329 yevroga, 6/128 GBligi esa – 369 yevroga narxlangan. Ranglariga kelsak, uni uch xil – qizil, «qora karbon» va «porloq moviy» tusli korpuslarda xarid qilish imkoni bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”