
Facebook “Study” deb nomlangan yangi ilovani ishlab chiqdi. Ushbu ilovani oʻrnatgan foydalanuvchilar Facebookʻka oʻzlarining internetdagi faoliyati, turli smartfon ilovalaridan qanday foydalanishi haqidagi maʼlumotlarni sotadi. Facebook ularning shaxsiy maʼlumotlari uchun haq toʻlaydi.
Bular:
– foydalanuvchi telefonida oʻrnatilgan ilovalar;
– har bir ilova uchun foydalanuvchi qancha vaqt sarflashi;
– foydalanuvchi yashaydigan davlat, ishlatadigan mobil qurilmasi va internetga ulanish turi haqidagi maʼlumotlardir.
Foydalanuvchining “ID”si, parollari yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlari – foto, video, audio materiallar va yozishmalari haqida maʼlumot olinmaydi.
“Bu narsa Facebook foydalanuvchilari uchun chiqarayotgan mahsulotlarimizni yanada sifatliroq qilishga yordam beradi”, – dedi kompaniya vakili taqdimotda.
Ilovani hozircha AQSH va Hindistonda yashovchi, 18 yoshdan oshganlar oʻrnatishi mumkin. Keyinchalik boshqa mintaqalar aholisi uchun ham undan foydalanish imkoniyati yaratiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar