Dastlabki beshtalikni Xiaomi va OnePlus flagmanlari band etishgan.
AnTuTu standart benchmarki mutaxassislari dunyo bozorida sotilayotgan eng kuchli 10ta Android-smartfon ro‘yxatini e’lon qilishdi.
Reytingni o‘rtacha 371 000dan yuqori balni tashkil etgan holda OnePlus 7 Pro boshqarib bormoqda.
Keyingi o‘rinda hali ham aktualligini yo‘qotmayotgan Xiaomi Mi 9 flagmani bormoqda. Uchinchi pog‘onada esa o‘yin smartfoni Black Shark 2 joylashgan. Redmi K20 Pro va OnePlus 7 mos ravishda 4 va 5 o‘rinlarda. Ularning barchasi yetakchidan bir necha ming balga ortda qolishmoqda.
Ushbu ro‘yxatning oltinchi pog‘onasida shu yilning fevralida taqdimoti bo‘lib o‘tgan Sony Xperia 1 flagmani paydo bo‘lishini noodatiy holat desa bo‘ladi. Sony'ning yangiliklari AnTuTu reytinglarida noyob sanaladi. LG V50 ThinQ 5G haqida ham shu gapni aytish mumkin, u yettinchi qatorda joylashgan.
O‘nlikni Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820), Galaxy S10 5G (Exynos 9820) va Galaxy S10 (Exynos 9820) yakunlab bergan.
Samsung Galaxy S10 5G va Galaxy S10+ / androidcentral.com
Uskunalar qarshisidagi ball — eng yuqori ko‘rsatkich emas, o‘rtachasi keltirilgan. Hisoblashlar har bir modelning 1 000dan ortiq qurilmasida 2019 yilning 1-30 iyun kunlarida o‘tkazilgan sinovlar natijasidir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi