Foto: «Twitter»
«Huawei»ning subbrendi hisoblangan «Honor» kompaniyasi yangi — «Honor 9X» smartfoni taqdimotiga hozirlik ko‘rmoqda. Internetda paydo bo‘lgan reklama materiallari esa hozirdanoq bu qurilma muxlislarini ko‘paytirib yubordi. Nega?
«Honor» ertaga, 23 iyul kuni taqdimoti o‘tkaziladigan «9X» smartfonini yanada yosh (to‘lov qobiliyati ham shunga yarasha), ammo eng zo‘r smartfonlarni orzu qiluvchi auditoriya uchun mo‘ljallagan. Imkon qadar cho‘ntak ko‘taradigan, texnologik jihatdan yuqori darajada. Ushbu smartfonning bir o‘ziga xos jihati suyuqlik orqali sovitilishidir, ilgari bu usul faqat geymer qurilmalarida ishlatilgan.
Xuddi «Honor 20»dagi kabi «9X»da ham yon qismida barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Shaharlarda, qavat-qavat beton devorlar orasida yashovchilar uchun ajoyib yangilik esa «9X» dagi bir nechtalab devorni ko‘rdim demaydigan kuchli Wi-Fi-uzatgich bo‘lishi mumkin.
Официальный рендер Honor 9X Pro подтвердил выезжающую фронтальную камеру. pic.twitter.com/1W9Zqy6G0T
— Пархоменко Денис (@parhomenko2010) July 16, 2019
Fotokameralar alohida mavzu: asosiysi — 48 megapikselli, siljuvchi frontal kamerasi — 32 megapikselli. Har ikkisi ham zum rejimida sifatni saqlash imkonini beradi.
Taniqli insayder Mukul Sharmaning yozishicha, Xitoy bozorida «Honor 9X»ning oddiysi 200 dollardan sotiladi. «Honor 9X»ning 6/128 GB talqini — $230, 8/128 GB talqini esa $260 dan sotishi kutilmoqda.
«Honor 9X Pro» qimmatroq: 8/64 GB — $260, 8/128 GB — $290, 8/256 GB — $335.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi