Microsoft o‘z xodimlari foydalanuvchilar suhbatlarini tinglashi mumkinligini tan oldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Portal Microsoft maxfiylik siyosatining yangilanishiga e’tibor qaratdi, unga ko‘ra kompaniya Microsoft Cortana ovozli yordamchisi yoki Skype Translator dasturidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin.
«Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash <...> ham avtomatlashtirilgan, ham qo‘lda (inson tomonidan) qayta ishlash usullarini o‘z ichiga oladi», - deyiladi yangilanishda.
Bundan oldin, Vice Microsoft shaxsiy foydalanuvchilar suhbatlarini tinglash uchun pudratchilarni yollaganligi haqida xabar bergan edi.
Kompaniya ushbu ma’lumotni qisman tasdiqladi.
«Biz kishilar ba’zan kontentni o‘rganish bilan shug‘ullanishi bo‘yicha vaziyatni yanada aniqlashtirishga qaror qildik», - deya ma’lum qildi Microsoft vakili portalga izohida. Kompaniya ushbu holat foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarga «yanada aniqlik» olib kirishiga umid qilmoqda.
Vice’ning ta’kidlashicha, Microsoft maxfiylik siyosatida boshqa shaxslar foydalanuvchilar tomonidan yozib olingan audioyozuvlarni tinglashi mumkinligi haqida avval xabar bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”