18:18 / 27.08.2019
1 962

iPhone11 ichki qismining ilk suratlari eʼlon qilindi

iPhone11 ichki qismining ilk suratlari eʼlon qilindi
Foto: Wccftech
iPhone 11 Pro yoki Pro Maxʻning ichki detallari taxminiy joylashuvi aks etgan suratlar paydo boʻldi. Suratlarni xitoylik blogger GreekBar Weiboʻdagi sahifasiga joylagan deb yozadi Daryo.uz.

Suratda smartfon korpusining yarim qismi, xususan, katta kamera moduli, A13 Bionic protsessori hamda, yirik litiy-ionli batareya aks etgan.

Suratdan kamera moduli kattaroq joyni egallaganini payqash mumkin. Maʼlumotlarga koʻra, kamera 3 obyektivdan iborat. Biroq ularning xususiyatlari hozircha maʼlum emas.

Maʼlumot uchun, SoftBank telekommunikatsiya korporatsiyasi prezidenti Ken Miyauchi iPhone 11 chiqishining taxminiy sanasini bilmay aytib yuborgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone11 ichki qismining ilk suratlari eʼlon qilindi