
UZMOBILE bundan buyon davlat subdomenida (gov.uz) joylashgan axborot resurslariga kirish uchun ishlatiladigan trafikni narxlamaydigan boʻldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu imtiyoz Prezidentning 2019-yil 22-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4329-son qarorida koʻzda tutilgan.
Endi UZMOBILE abonentlari interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari, davlat organlarining rasmiy yangiliklari va mamlakat hayotidagi soʻnggi yangiliklardan bepul xabardor boʻlishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar