21:16 / 02.09.2019
2 877

Plombaning o‘rnini bosuvchi tish geli sinovdan o‘tkazilyapti

Plombaning o‘rnini bosuvchi tish geli sinovdan o‘tkazilyapti
Foto: «Kp.ru»
Xitoyning Chjetszyan universiteti olimlari tish emalini tiklashga, tishlarni davolashga hamda ulardagi bo‘shliqni to‘ldirishga qodir ashyoni ixtiro qilishdi. Kashfiyotchilarning fikricha, innovatsion gel zamonaviy protezlashni stomatologik muolajalar ro‘yxatidan siqib chiqaradi.

Amalda olimlar tuzilishiga ko‘ra tabiiysiga juda o‘xshaydigan sun’iy emalni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zararlangan tishga surtilgan gel 48 soatda yangi emalning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yangi qatlam qalinligi 3 mikronni tashkil etadi — bu yetarli miqdordan 400 baravar kam. Biroq gelni shikastlangan joyga bir necha marta surtsa bo‘ladi.

Cheklangan natijalarga qaramay, tadqiqot mualliflari stomatologlar bilan tandemda samaradorligi va qo‘llashda qulayligi tufayli yangi mahsulotni nihoyatda istiqbolli hisoblashmoqda. Endi xitoylik olimlar jamoasi sun’iy emalni yetarlicha qalinlikda kattalashtirish ustida ish olib borishmoqda.

Hozir sinov laboratoriya sichqonlari ustida o‘tkazilmoqda. 1-2 yildan so‘ng navbat odamlarga keladi, deyishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Plombaning o‘rnini bosuvchi tish geli sinovdan o‘tkazilyapti