20:23 / 03.09.2019
3 018

Samsung yangi buklama smartfon ishlab chiqarish ustida ish boshladi

Samsung yangi buklama smartfon ishlab chiqarish ustida ish boshladi
Foto: DPA/TASS
Samsung Electronics Co kompaniyasi ikkinchi buklama ekranli smartfonini ishlab chiqarish ustida ish boshladi. Yangi qurilma displey tomoni bilan ichkariga kvadrat shaklida buklanadigan bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz nashri Bloomberg'ga asoslanib.

Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, yangi smartfon 2020 yilning birinchi yarmida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Kompaniya bu qurilmasida zamonaviy texnologiyalar va buklama smartfonlar dizaynini uyg‘unlashtirmoqchi.

Smartfonning ekrani diagonali 6,7 dyuym bo‘ladi. Bloomberg suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilma 2019 yilda taqdim etilgan Galaxy Fold smartfoniga nisbatan yupqaroq va arzonroq bo‘ladi.

Qurilma shuningdek, bitta old kamera va ikkita asosiy kamera bilan jihozlanadi. Kompaniyaning o‘zi bu xabar borasida hozircha izoh bermagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung yangi buklama smartfon ishlab chiqarish ustida ish boshladi