23:39 / 09.09.2019
3 624

Turkmaniston butun Markaziy Osiyoni arzon kompyuterlar bilan ta’minlamoqchi

Turkmaniston butun Markaziy Osiyoni arzon kompyuterlar bilan ta’minlamoqchi
Foto: Fergana News
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov suverenitetni tashqi hujumlardan himoya qilishga yo‘naltirilgan kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarini Turkmanistonda ishlab chiqarilgan kompyuterlar bilan ta’minlash haqida topshiriq berdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Hujjat hukumatning 6 sentyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida imzolangan.

Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun turkman hukumati 2018 yilning oktyabr oyida Xitoyning Hengsheng Lianhua Investment Management Co. Ltd., Tongfang Hongkong Limited kompaniyalari bilan hamkorlikda «Agzibirlik Tilsimati» kompyuter ishlab chiqaruvchi korxonasini tashkil qilgan edi.

Korxona «eng xavfsiz kompyuterlar»ni ishlab chiqarishi, o‘z dasturlarini ishlab chiqishi hamda dasturchilarni tayyorlashi kerak edi.

Turkmaniston tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining kompyuter texnologiyalari markazi tomonidan asos solingan korxonada Xitoyning Sinxua universiteti sertifikatiga ega mutaxassislar ishlamoqda.

2019 yilda Berdimuhamedovning qaroriga binoan «Agzibirlik Tilsimati» korxonasi tomonidan 80 mingta bolalar o‘quv kompyuteri ishlab chiqarildi va ular prezident nomidan birinchi sinf o‘quvchilariga sovg‘a qilindi.

Ularda yuklangan dastur 198 ta turli xil o‘quv funksiyalarini bajaradi va turkman, rus va ingliz tillarida uchta til versiyasiga ega. Barcha ilovalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan va dastlabki uch yil ichida maktabda bolalar o‘zlashtiradigan asosiy mavzularni o‘z ichiga oladi.

Dastlab, korxona import o‘rnini bosish bilan shug‘ullanishi kerak edi, endi u boshqa vazifa — yaqin mamlakatlarga turkman kompyuterlarini yetkazib berishni boshlash, shuningdek noutbuklar, planshetlar, monobloklar, shaxsiy kompyuterlar va serverlar ishlab chiqarish yuklandi.

Shaxsiy kompyuterlarning birinchi partiyasi 2019 yil oxiriga qadar chiqarilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Turkmaniston butun Markaziy Osiyoni arzon kompyuterlar bilan ta’minlamoqchi