date

O‘zbekistonda to‘liq metall korpusli Samsung Galaxy A5 smartfoni 1,5 million so‘mdan sotila boshlandi

O‘zbekistonda to‘liq metall korpusli Samsung Galaxy A5 smartfoni 1,5 million so‘mdan sotila boshlandi

Samsung kompaniyasi yoshlar uchun mo‘ljallangan yangi Galaxy A5 smartfonini O‘zbekistonda sotuvga chiqardi. Bu haqda «Mobinfo.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Galaxy A5 smartfoni 6,7 millimetr qalinlikda bo‘lib, to‘liq metall korpusga ega. 5 megapikselli old kamera selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan. Galaxy A5 va smartfoni Android 4.4 KitKat operasion tizimida ishlaydi. Qurilma LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy A5 smartfonida 5 dyuym 720×1280 pikselli Super AMOLED displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli prosessor, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+MicroSD), 13 megapikselli orqa kamera, 2300 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.

Ushbu smartfonni «Fleshka» savdo markazidan 1,5 million so‘mga sotib olish mumkin.

Foto: Samsung / daryo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda to‘liq metall korpusli Samsung Galaxy A5 smartfoni 1,5 million so‘mdan sotila boshlandi