Foto: “iPhones.ru”
Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis 2011-yildan 2017-yilga qadar ishlab chiqarilgan, Apple A5ʻdan A11ʻgacha boʻlgan protsessorlar oʻrnatilgan barcha turdagi iPhoneʻlarni buzish mumkinligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Daryo nashri.
Checkm8 nomi ostidagi qurilma Apple Bootrom tizimidagi nuqsondan foydalanadi. Bu iPhone yuklanayotgan vaqtda ishga tushadigan dastlabki kod va u tizimga kirish imkonini beradi. Shu orqali Apple qurilmadagi komponentlarni almashtirmasdan turib, nuqsonni bartaraf eta olmaydi.
“Epik jeylbreyk: checkm8ʻni taqdim etaman («shoh va mot”), doimiy va tuzatib boʻlmas Bootrom eksploiti yuz millionlab iOS-devayslariga oʻrnatilgan. iPhone va iPadʻning aksariyat avlodida ushbu nuqson bor: iPhone 4S (A5 chipli) dan tortib iPhone 8 va iPhone Xʻgacha», — deb yozadi axi0mX nomi ostida foydalanuvchi.
Biroq nuqsondan foydalanish uchun qurilmani oʻchirib-yoqish kerak boʻladi. Shu bilan birga checkm8 foydalanuvchining shifrlangan maʼlumotlariga (Face ID yoki Touch ID) kirish imkonini bermaydi.
axi0mXʻning yozishicha, bu kabi nuqsondan foydalanib iOS-qurilmasini oxirgi marta haker Jorj Xots buzgan. Buzishning boshqa barcha usullari operatsion tizimdagi nuqsonlarga bogʻliq boʻlib, uni operatsion tizimni yangilash bilan bartaraf etsa boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»