
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasi mahalliy smartfon ishlab chiqaruvchilar bilan kuchli raqobat, Xitoy iqtisodiyotning sekinlashuvi, shuningdek, Xitoy va AQSH oʻrtasida davom etayotgan savdo urushi sababli Xitoyda oʻz smartfonlarini ishlab chiqarishni toʻxtatishga qaror qildi.
Samsung Guandun provinsiyasining Xoychjou shahrida joylashgan soʻnggi zavodida ishlab chiqarishni toʻxtatadi. Oʻtgan yili Xitoydagi boshqa zavodlari faoliyatini toʻxtatgan korporatsiya yoz oyida Xoychjoudagi zavodida ishlab chiqarish va xodimlarni qisqartirishini maʼlum qilgandi.
Counterpoint kompaniyasining maʼlumotlariga koʻra, Samsungʻning Xitoy smartfonlar bozoridagi ulushi birinchi chorakda 1 foizga tushib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar