Foto: “Argumenti”
Xitoylik tinib-tinchimagur konstruktorlar bu mamlakatda xohlagan narsasini yasashi mumkinligini yana bir bor isbotlashdi: mashhur brendga tegishli krossovkadan tortib butun bir uchar likopchagacha. Gʻayrioddiy eksponat yirik “China Helicopter Exposition 2019” aviatsiya koʻrgazmasida namoyish etildi. Bu haqda “Xabar.uz” yozmoqda.
Uchar likopcha shakliga koʻra “diskolet” deb nomlanib, uchuvchi obyektga ega. Jangovar ixtironing fotosuratlari Alert 5 nomli foydalanuvchining tvitteriga joylandi.
“Diskolet” soatiga 650 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. Toʻgʻri, buni amalda koʻrsatishmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday shakldagi mashina katta tezlikda uchish u yoqda tursin, havoga koʻtarilishiga ham shubha bilan qarashmoqda.
Ufologlarga mashhur NUJ apparatlarini eslatuvchi uchar apparatni yaratishga turli mamlakatlar, jumladan, Yevropada ham urinib koʻrishgan. Gitlerchilar Germaniyasi ham shunga oʻxshash mashinani yaratmoqchi boʻlgan: faqat ularning “likopchasi” yerdan sal koʻtarilolgan xolos. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi