AQShning Men shtati universiteti tadqiqotchilari ayni vaqtda dunyodagi eng katta 3D-printerni yaratishdi.
Yangi 3D-printer o‘lchamlari bo‘yicha avval yaratilgan barcha modellarni ortda qoldiradi. Qurilma uzunligi 30 metr, balandligi 3 metr va eni 6,7 metr keladigan ob’ektlarni bosa oladi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, uch o‘lchovli bosmada qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi materiallarni yaratish uchun 20 mln dollar sarmoya jalb qila olishgan. Xususan, 3D-bosmada dastlabki material sifatida Men shtatida o‘rmon ko‘pligi va bu ishlab chiqarishni arzonlashtirishi sababli yog‘ochni qo‘llash taklif qilingan.
Tadqiqotchilar yangi printerlari bilan yaqin orada bozorga chiqib, buyurtmalar olishni boshlashmoqchi. Ular qurilmaning imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida unda kichik kema korpusini bosishgan. Ta’kidlanishicha, bu ob’ekt ayni vaqtgacha 3D-printerlarda bosilgan dunyodagi eng katta ob’ekt hisoblanadi. Korpusning uzunligi 7 metrni, og‘irligi 2,2 tonna tashkil qiladi va uni bosishga 72 soat talab etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»