09:13 / 30.10.2019
3 364

Xiaomi egasi ortidan o‘zi yuruvchi chamadon ishlab chiqdi (video)

Xiaomi egasi ortidan o‘zi yuruvchi chamadon ishlab chiqdi (video)
Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi Cowarobot bilan hamkorlikda o‘zining ilk o‘zi boshqariluvchi chamadonini ishlab chiqdi. Yangi gadjet nafaqat egasi ortidan yura oladi, balki qiziqarli funksiyalar bilan ham ta’minlangan.

Qurilma sig‘imi 31 litrni tashkil qiluvchi standart chamadonlar kabi bo‘lib, uning g‘ildiraklari va tortib chiqariluvchi tutqichi bor. O‘lchamlari 555 x 384 x 200 mmni, og‘irligi 4,5 kgni tashkil qiladi.

Tutqichga kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u yuzlarni tanish funksiyasi bilan jihozlangan. Chamadon harakatlanishi uchun uning egasi yuzini kamerada skanerlashi lozim. Gadjet ushbu kamera yordamida, shuningdek, mo‘ljal oladi.

Qurilma g‘ildirakchalaridagi 4 motor bilan harakatga keltiriladi. U mashinaviy o‘qitish hisobiga to‘siqlar va odamlarni chetlab o‘ta oladi. Chamadon 92 Vt-soatlik akkumulyatordan quvvatlanadi.

Kompaniyada ta’kidlanishicha, qurilma to‘liq quvvatlangan holda 20 km yo‘l bosa oladi. To‘liq quvvatlanishi uchun esa 5 soat talab etiladi. Gadjetni mobil dastur orqali ham boshqarish mumkin. Chamadonning narxi 280 dollarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi egasi ortidan o‘zi yuruvchi chamadon ishlab chiqdi (video)