Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi Cowarobot bilan hamkorlikda o‘zining ilk o‘zi boshqariluvchi chamadonini ishlab chiqdi. Yangi gadjet nafaqat egasi ortidan yura oladi, balki qiziqarli funksiyalar bilan ham ta’minlangan.
Qurilma sig‘imi 31 litrni tashkil qiluvchi standart chamadonlar kabi bo‘lib, uning g‘ildiraklari va tortib chiqariluvchi tutqichi bor. O‘lchamlari 555 x 384 x 200 mmni, og‘irligi 4,5 kgni tashkil qiladi.
Tutqichga kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u yuzlarni tanish funksiyasi bilan jihozlangan. Chamadon harakatlanishi uchun uning egasi yuzini kamerada skanerlashi lozim. Gadjet ushbu kamera yordamida, shuningdek, mo‘ljal oladi.
Qurilma g‘ildirakchalaridagi 4 motor bilan harakatga keltiriladi. U mashinaviy o‘qitish hisobiga to‘siqlar va odamlarni chetlab o‘ta oladi. Chamadon 92 Vt-soatlik akkumulyatordan quvvatlanadi.
Kompaniyada ta’kidlanishicha, qurilma to‘liq quvvatlangan holda 20 km yo‘l bosa oladi. To‘liq quvvatlanishi uchun esa 5 soat talab etiladi. Gadjetni mobil dastur orqali ham boshqarish mumkin. Chamadonning narxi 280 dollarni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”