Apple eski ayfonlarni internetdan uzib qo‘ymoqchi

Apple eski iPhone va iPad modellari egalarini, agar qurilmalarida so‘nggi yangilanishlar (update) qilinmagan bo‘lsa, ular internetga ulana olmasliklari haqida ogohlantirmoqda.
2012 yil va undan oldingi yillarda chiqqan qurilmalar 3 noyabr yarimtunga qadar (London vaqti bilan) yangilanishi kerak, aks holda iClode, App Store va elektron pochtalarga kirib bo‘lmay qoladi.
Muammolar iPhone5, iPhone4, iPad mini, iPad 2 egalariga ta’sir qilishi mumkin. Kompaniyaning bildirishicha, bunday yangilagishlar har 19 yilda bir marotaba bo‘lib turadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing