Bugungi kunda insonlarda qishda ham yozda ham konditsionerlarga bo‘lgan ehtiyoj juda ham yuqori. Shundan kelib chiqsak, dastlabki konditsionerlar qayerda va qachon ixtiro qilingani barchaga qiziq tuyuladi. Quyida sizga dunyoda yaratilgan ilk konditsonerlar haqida qiziq ma’lumotlar berib o‘tamiz.
Yaqin tarixga nazar solsak, ilk konditsionerlar Bruklin shahrida 1902 yilda ixtiro qilingan. Ushbu ma’lumotning o‘zi ham Bruklin AQShdagi eng zax va sovuq shaharlardan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ushbu sohada dastlab Nyu-Yorkliklar tomonidan amalga oshirilgan ixtirolarga ishlov berish va uni ommalashtirish Bruklinlik yosh muhandis Ullis Kerriyer uchun muammo emasdi.
Avvalgi qurilmalardagi eng katta muammo bu juda yuqori darajadagi issiqlik berilishi motorlarning erib ketishiga sabab bo‘layotgani edi. Va nihoyat, York Times gazetasida yozilgan xabarga ko‘ra, ushbu tizim 1902 yilning yozida yo‘lga qo‘yildi va Karriyer kompaniyasi Carrier Corporation'ni tashkil etishga kirishdi. Bu ixtironing amalga oshirilish sabablaridan eng asosiysi bir necha bosmaxonalarda bosilayotgan kitob yoki jurnallarning nashrdan keyin tez qurimayotgani bo‘lib, Bruklin shahrida zaxlik darajasi juda ham yuqori edi.
Konditsionerning ishlash mexanizmi haqidagi g‘oya olimda shaharni tumanda kezib yurgan kezda paydo bo‘lgan. Karriyer namlikdan qutulishning yagona chorasi bu havoni sovutish degan fikrga kelgan edi. Yechim sifatida sun’iy tuman hosil qilish orqali havoni quritishni yo‘lga qo‘ygan.
Bruklindagi 1902 yilda amalgan oshirilgan ushbu sovutish mashinalaridagi o‘zgartirishlar zamonaviy konditsionerlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Chunki bugungi kunda bo‘lgani kabi, Karriyerning ixtirosi quyidagi to‘rt asosiy narsani amalga oshirardi: harorat, namlik, havo aylanishi va shamollatish hamda havoni tozalash. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi