Xiaomi o‘z smartfonlarining past narxlari sababini oshkor etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2014 yilda jami 61 millionta smartfon sotdi, deya xabar bermoqda Mail.ru'ga asoslanib Daryo nashri. Xyugo Barra a’lo darajadagi texnik xususiyatlar va yuqori sifatga ega ushbu smartfonlarning narxini bunday past darajada ushlab turish sirlari bilan bo‘lishdi.
Kompaniyaning flagman smartfonlari 300 dollardan qimmat turmaydi. O‘rtacha darajadagi qurilmalar uchun me’yor hisoblangan 500 dollarlik chegarani esa ilk marta dunyodagi eng kuchli jihozlangan devayslardan biri Xiaomi Mi Note Pro kesib o‘tdi.
«Past narxga gadjetlarning kichik portfoliosi va modelning ancha davomiy sotilish sikli hisobidan erishiladi, — dedi Google sobiq top-menejeri Xyugo Barra TechCrunch’ga bergan intervyusida. — Kompaniya o‘zining eski qurilmalari yoki ularning biroz yangilangan modifikasiyalarini o‘sha lineykada yanada yangiroq modellarni chiqarganidan keyin ham sotishda davom etadi».
«Biz ishlab chiqaruvchi bilan vaqt o‘tgan sari butlovchi qismlarni arzonlashtirish haqida kelishuvga erisha olganimiz uchun narxlarni pasaytiramiz, bu bizga biz istaganimizdan ham ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi», — deya ta’kidladi u.
Foto: androidauthority.com / daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing