UMS tarmoq qamrovi sifatini yaxshilamoqda

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori uyali aloqa infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan manzilli reja asosida baza stantsiyalarini barpo etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Abonentlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda kompaniya qishloq joylarida tarmoq qamrovini kengaytirishga, shuningdek tarmoqqa o‘ta yuqori og’irlik tushadigan aholi zich yashaydigan hududlarda tarmoq sig’imini kengaytirishga intilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yangi baza stantsiyalari o‘rnatildi. Buning natijasida Ko‘kterak va Tulabi qishloqlari hamda atrofdagi boshqa hududlarning aholisi “uchinchi avlod” tarmoqlarida ovozli aloqadan hamda yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Buxoro va Farg’ona shaharlari, shuningdek Toshkent shahrining Uchtepa, Chilonzor, Shayxontoxur, Yunusobod, Yashnobod tumanlari hududlari va atroflarida yangi baza stantsiyalarini o‘rnatish hisobiga tarmoq sig’imi yanada kengaytirildi.
- Bu chora-tadbirlarning asosiy foydasi – iloji boricha ko‘proq abonentlarga barqaror yuqori tezlikda bo‘lgan ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etishdir, - deydi UMS Bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Evgeniy Lukyanchuk. – Tarmog’imizda mobil Internetga ulangan moslamalar soni keskin ortib borayotganini ko‘rib turibmiz. Bunday sharoitda infratuzilmani doimiy tarzda rivojlantirish talab etiladi; tarmoq sig’imi kengayishi oqibatida ovozli trafik, video ko‘rish yoki Internet-syorfing uchun tegishli sifat darajasi ta’minlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing