Smartfonlar savdosidagi turg‘unlik (stagnatsiya)ka qaramay, Apple bu bozordan oladigan daromadlarining uchdan ikki qismini saqlab qoldi. Bu haqda Counterpoint Research tahliliy agentligi xabar bermoqda.
2019 yilning III choragi bo‘yicha Amerika kompaniyasining smartfonlar ishlab chiqaruvchilarning dunyosidagi ulushi 32%ni, daromadi esa jami daromadning 66%ini tashkil etadi.
Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan biroz kamroq: kompaniya daromadlari bir yil oldin jami daromadlarning 80%ini tashkil qilgan.
Counterpoint mutaxassislari Apple muvaffaqiyatlari sirini o‘zlarining eski iPhone’larini yangilariga almashtirishni istamaydigan AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiyadagi katta miqdordagi soliq va to‘lovga layoqatli iste’molchilar bazasida deb atashdi.
Smartfonlar sanoatidagi daromadlari ulushi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Koreyaning Samsung kompaniyasi egalladi – 17%. Bu chorakda Samsung daromadining oshishi Note 10 flagmani hamda byudjet smartfonlar sinfiga kiruvchi A seriya smartfonlarining muvaffaqiyati bilan izohlandi.
Keyingi o‘rinlarda esa Xitoy kompaniyalari turibdi – Huawei, Oppo, Vivo hamda Xiaomi.
Mutaxassislar fikricha, kelgusi yilda ushbu reyting o‘zgarishi mumkin. Chunki Xitoy kompaniyalari jadallik bilan beshinchi avlod texnologiyalari (5G)ni hayotga tadbiq etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”