Foto: Pinterest
AQSHning aloqa bo‘yicha federal komissiyasi laboratoriyasi Samsung va Apple kompaniyalarining ba’zi mobil telefonlari chiqaradigan nurlanish AQSHda nurlanishga o‘rnatilgan me’yorlardan bir necha marta oshishini tasdiqlovchi tadqiqot o‘tkazdi. Shundan keyin FeganScott yuridik kompaniyasi ikki kompaniyani “iste’molchilar sog‘lig‘iga xavf solayotgani” uchun sudga berishga qaror qilgan.
Yuridik kompaniya bosh menejeri Bet Feganning ta’kidlashicha, kompaniyalar bunday harakatlar uchun javob berishlari lozim.
“Apple va Samsung smartfonlari hayot tarzimizni o‘zgartirdi. Yoshi kattalar, o‘smirlar va bolalar elektron pochtani tekshirish, biror o‘yin o‘ynash, turli topshiriqlarni bajarishda o‘z smartfonlaridan foydalanishadi. Ular bu qurilmalarni kun davomida cho‘ntaklarida olib yurishadi va ular bilan uyquga ketishadi. Mamlakatdagi barcha smartfonlar egalari smartfonlar teriga tekkanda yoki tanaga yaqin ishlatilganda ularning radiochastota nurlanish darajasi xavfsiz bo‘lmasligi mumkinligini bilishga haqlidirlar”, deb aytgan Fegan.
Tadqiqotda e’tibor quyidagi modellarga qaratilgan: iPhone 7 Plus, iPhone 8, iPhone XR, Samsung Galaxy S8, Galaxy S9 va Galaxy S10. Aniqlanishicha, iPhone 8 belgilangan me’yordan 5 marta, Samsung Galaxy S8 esa 3 marta kuchliroq nurlanish chiqaradi.
“Samsung va Apple o‘z smartfonlari xavfsiz ekanini ta’kidlashadi. Biroq bunday emas. Mustaqil o‘lchashlar ushbu kompaniyalar qurilmalari nurlanish darajasi belgilangan me’yorlardan oshishini tasdiqlaydi. Ba’zida 500 foizgacha. Iste’molchilar haqiqatni bilishlari lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”