«Counterpoint Technology Market Research» kompaniyasi jahonda eng xaridorgir telefonlar reytingini chiqardi. Garchi dekabrda e’lon qilingan bo‘lsa-da, undagi ko‘rsatkichlar 2019 yilning uchinchi choragidagi savdolarga tegishli, deb xabar bermoqda «Terabayt».
Unga ko‘ra, yakuniga yetayotgan yilning iyul–sentabr oylarida eng ko‘p sotilgan smartfon Apple iPhone XR ekan. Jahon bozoridagi smartfonlar savdo hajmining 3 foizi ayni shu ayfonga to‘g‘ri kelgan.
Keyingi ikki o‘rinni Samsung qurilmalari band etgan – Galaxy A10 hamda Galaxy A50 modellari dunyo bozorida tegishlicha 2,6% va 1,9% o‘rin tutgan.
Counterpoint reytingida to‘rtinchi o‘rin OPPO A9 modeliga (1,6%) nasib etgan bo‘lsa, kuchli beshlikni Applening yana bir smartfoni – iPhone 11 (1,6%) yakunlab bergan.
Shuningdek, TOP-10ga OPPO A5s (1,5%), Galaxy A20 (1,4%), OPPO A5 (1,3%), Redmi 7A (1,2%) hamda Huawei P30 (1,1%) modellari kirgan.
Umuman olganda, 2019 yilning uchinchi choragida jahon smartfon bozorida sotilgan barcha qurilmalarning taxminan 17 foizi mana shu o‘nta modelga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, bir yil avval mazkur ko‘rsatkich 15 foizga teng bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”