Foto: thelec.kr
Janubiy Koreyadagi manbalarning xabar berishicha, Samsung Electronics kompaniyasi Consumer Electronics Show 2020 ko‘rgazmasida o‘zining umuman ramkasiz televizorini taqdim etadi.
Kompaniyaning ko‘plab rahbarlari bozorda hozircha muqobili bo‘lmagan yangi ko‘ngilochar qurilmaning ishlab chiqarilishini ma’qullashgan. Ta’kidlanishicha, yangi televizor 2020 yil fevraldan ommaviy ishlab chiqarila boshlanadi.
Yangi televizorning o‘ziga xos jihati displeyi atrofida ramkasi yo‘qligi hisoblanadi. Kompaniya ushbu yechimni diagonali 65 dyuym keladigan va undan kattaroq o‘lchamli ekranlarga ega televizorlar uchun qo‘llamoqchi.
Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi bunday “ekstremal dizayn”ni taklif qiladigan birinchi kompaniya bo‘ladi.
Yangi televizor haqidagi batafsil ma’lumotni CES 2020 ko‘rgazmasidan bilib olish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”