13:00 / 01.01.2020
2 694

Xitoyning Huawei kompaniyasi savdolar hajmi 18 foizga o‘sganini ma’lum qildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi savdolar hajmi 18 foizga o‘sganini ma’lum qildi
Foto: Inbusiness
Xitoyning Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi rahbariyati 2019 yilda AQSH tomonidan o‘tkazilgan bosimlarga qaramay savdolar hajmi 18 foizga o‘sganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Ushbu ko‘rsatkich boshqaruv kengashi raisi Erik Syuyning kompaniya xodimlariga yo‘llagan maktubida keltirilgan.
Maktubda 2020 yildagi qiyinchiliklar haqida gap boradi, unda Vashingtonning cheklovchi harakatlari Huawei’ning gullab-yashnashiga tahdid solishi ta’kidlanadi.

AQSH hukumati Huawei texnologiyalari mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi ma’lum qilib, boshqa davlatlarni ham uning 5G qurilmalarini xarid qilmaslikka chaqirmoqda. Huawei esa ayblovni rad etmoqda.

Kompaniyaning yillik savdosi 120 million dollardan oshishi mumkin. Xitoy janubida joylashgan kompaniya odatda yillik moliyaviy hisobotini mart oyida e’lon qiladi. «Ushbu raqamlar biz kutgan dastlabkilaridan pastroq, biroq biznes barqaror qolmoqda va biz oyoqma mustahkam turibmiz», — deyiladi Syuyning maktubida.

2019 yilning may oyida AQSH savdo vazirligi Huawei’ni «qora ro‘yxat»ga qo‘shish va kompaniyaga hukumat aralashuvisiz Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyning Huawei kompaniyasi savdolar hajmi 18 foizga o‘sganini ma’lum qildi