
Foto: Segway
Segway kompaniyasi tuxum shaklidagi o‘z-o‘zini balansda ushlab turadigan elektr kapsulasi S-Pod taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu ixtironing avvalgi Segway’ning avvalgi modellaridan asosiy farqi devaysni boshqarishda turib harakat qilish yoki tanani egish talab qilinmaydi. Bu haqda The Verge xabar bergan.
S-Pod foydalanuvchiga harakatlanish vaqtida o‘tirish imkoni beriladi, u tezlikni boshqarish va harakat yo‘nalishini belgilashda kursining o‘ng tomoniga joylashtirilgan kichik joystikdan foydalanadi. Kapsula harakat yo‘nalishini bir joyda turgan yerida ham o‘zgartirishi mumkin.
S-Pod soatiga 38 kilometr tezlikga chiqa oladi, lekin kapsulaning bitta akkumulator quvvati bilan qancha masofani bosib o‘ta olishi haqida Segway vakillari tomonidan aniq ma’lumot berilmagan. Yangi qurilmaning katta anonsi 2020 yil uchinchi choragida o‘tkaziladi, shundan keyin uni sotuvga chiqarish boshlanadi. Qurilmaning narxi ham oshkor etilmagan.
S-Pod injenerlarini 2015 yilda katta ekranlarga chiqqan «Yura davri olami» filmidagi girosfera ilhomlantirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing