Foto: John Locher / AP
Yaponiyaning Sony kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan Consumer Electronic Show 2020 ko‘rgazmasida o‘zining ilk elektrokari Vission-S’ning konseptini taqdim qildi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Elektromobil 33 ta turli tashqi va ichki datchiklar, bir nechta keng ekranli displeylar va 360 Reality Audio audiotizimi bilan jihozlangan.
Bu loyihada Sony’dan tashqari, BlackBerry, Bosch, Nvidia, Qualcomm va boshqa texnologik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Elektromobil uchun asosni avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi Magna kompaniyasi ishlab chiqqan.
Avtomobil har biri 268 ot kuchiga ega ikkita dvigatel bilan jihozlangan va 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erisha oladi. Mashinaning maksimal tezligi 240 km/soatni tashkil qiladi. Ayni vaqtda yapon kompaniyasi elektrokarni qachon seriyali tarzda ishlab chiqarishi noma’lum.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi