22:56 / 03.02.2020
3 937

Yaponiyada “aqlli” traktorlar yaratildi

Yaponiyada “aqlli” traktorlar yaratildi
Foto: carscoops.com
Yaponiyaning og‘ir texnika ishlab chiqaruvchi “Kubota” kompaniyasi boshqaruvchisiz “X Tractor” nomli elektr traktorini namoyish etdi. Kompaniya vakillarining fikriga ko‘ra, ushbu texnika vositasi fermerlarning ishini yengillashtirishi kerak, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri.

“Kubota” 2016 yildan beri Yaponiya hukumatining fermerlarni qo‘llab-quvvatlash dasturining a’zosi bo‘lib, dasturning mohiyati – nafaqaga chiqayotgan qishloq xo‘jaligi kadrlarini yigirma xil robotlar bilan bosqichma-bosqich almashtirishdir.

Yaponiya qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi fermerlarning o‘rtacha yoshi 67 yoshni tashkil etgan 2016 yilda dunyo bo‘ylab fermerlarning o‘rtacha yoshi 60 yosh bo‘lgan. Yaponiyada mehnatga layoqatli odamlar qishloq xo‘jaligida yildan-yilga kamayib bormoqda, bu esa o‘z navbatida, oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin.

Hukumat dasturini amalga oshirish uchun “Kubota” boshqaruvchisiz qishloq xo‘jaligi texnikasini, shuningdek, odamlarga hosilni yig‘ish va tashishni osonlashtiradigan maxsus ekzoskeletlarni ishlab chiqarishga kirishdi. “Xitachi”, “Iseki” va “Yanmar” kompaniyalari ham ushbu dasturda ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada “aqlli” traktorlar yaratildi