Foto: Janets
Microsoft Word, Exel va PowerPoint muharrirlarining imkoniyatlarini birlashtirgan Android uchun Office dasturini taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Daryo». Uni Play Market orqali yukab olish mumkin.
«Microsoft’ning yangi mobil ilovasida Word, Exel va PowerPoint imkoniyatlari birlashtirilgan, shuningdek, mobil qurilmalar uchun yangi funksiyalar taqdim etilgan bo‘lib, u telefoningizdagi asosiy ofis ilovasiga aylanadi», — deyiladi kompaniya taqdimotida.
Ilovaga yangi funksiyalar qo‘shilgan bo‘lib, ular orasida foto hujjatlarni matnga yoki jadvalga o‘tkazish yoki ularni PowerPoint’ga qo‘shish imkoniyati ham bor.
Fayllarni PDF’ga aylantirish, bulutdagi hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, boshqa Microsoft xizmatlari bilan integratsiyalash ham ko‘zda tutilgan.
Ilovani sinovdan o‘tkazish 2019 yilning noyabridan boshlangan. Microsoft saytida aytilishicha, Office IOS uchun ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning AppStore’da qachon paydo bo‘lishi esa ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring