10:16 / 20.02.2020
3 734

Rossiyada smartfonlar qimmatlasha boshladi

Rossiyada smartfonlar qimmatlasha boshladi
Foto: «Kommersant’»
Koronavirus tarqalishi sababli Rossiya smartfonlar bozorida narxlarning oshishi kuzatilmoqda, ammo qurilmalar taqchilligi qayd etilmagan. Bu haqda «Izvestiya»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, birinchi navbatda, narxlarning o‘sishi Xitoy ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlariga tegishli bo‘lib, bunga Xitoyda ishlab chiqarish zavodlarining yopilishiga bevosita sabab bo‘lmoqda. Fevral oyida Rossiyada deyarli barcha Xitoy smartfonlari uchun aksiyalar va chegirmalar yakunlandi, ularning narxi amalda 10—20 foizga oshdi. Tahlilchilarning fikricha, Xitoy fabrikalarida ishlab chiqarishning to‘xtashi har haftada qurilamalar narxlarining 1,5—3 foizga o‘sishiga olib keladi.

Qayd etilishicha, Apple va Samsung mahsulotlarining narxi o‘sishi kamroq bo‘ladi. Samsung’ning ishlab chiqarish zavodlari Janubiy Koreya, Vetnam va Vengriya davlatlarida joylashgan bo‘lib, Apple kompaniyasi Yangi yil oldidan odatdagidan bir yarim baravar ko‘proq qurilma jo‘natgan.

Ta’kidlanishicha, iPhone’ning narxlari hali ko‘tarilishni boshlamagan, chunki ushbu modeldagi smartfonlarga talab oshishi odatda kuzda kuzatiladi.

17 fevral, dushanba kuni, Apple koronavirus tarqalishining oldini olish uchun butun dunyo bo‘ylab iPhone yetkazib berishni cheklayotganini e’lon qildi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, joriy chorakda uning daromadi mutaxassislar kutganidan past bo‘ladi.

Fevral oyi boshlarida mutaxassislar Rossiya bozorida smartfonlar narxi ko‘tarilishini taxmin qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar Xitoyda ishlab chiqarish 10 fevraldan oldin tiklanmasa, mart oyining oxiriga kelib, Rossiyadagi do‘konlarda elektron qurilmalar qolmasligi mumkin. Avvalo, yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar Xitoy brendlariga taalluqli bo‘ladi.

Yanvar oyi oxirida smartfon ishlab chiqaruvchilarning hamkorlari Xitoy kompaniyalari koronavirus sababli gadjetlarni yetkazib berishni kechiktirganligini ma’lum qilgan. Xususan, Huawei, Xiaomi, Vivo, Realme, ZTE va Lenovo mahsulotlari Rossiya hududiga kirishni to‘xtatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada smartfonlar qimmatlasha boshladi