Huawei kompaniyasi 5Gni keyingi avlod planshetli mahsulotlari qatoriga qo‘shdi. Huawei MatePad Pro 5G deb nomlangan ushbu yangi planshetlar texnologik hayotga yangi nafas olib kirdi.
Va nihoyat, biz 5G texnologiyasini imkoniyatlaridan foydalana olamiz. Aniqroq aytganda, 5G texnologiyasi ayniqsa bu yil juda ko‘p ommalashmoqda. Smartfonlardan keyin planshetlar tarmog‘i 5G mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Huawei MatePad Pro 5G deb nomlagan yangi planshet 2560x1600 o‘lchamdagi 10,8 dyuymli ekran bilan foydalanuvchilarni qarshilamoqda. Huawei'ning yangi avlod protsessori Kirin 990 chiplari bilan jihozlangan ushbu mahsulot o‘zining 8 Gb xotirasi va 256/512 GB ichki xotirasi bilan hayratga soladi.
EMUI 10.0.1 interfeysi bilan Android 10 operatsion tizimida ishlaydigan MatePad Pro 5G Google mobil xizmatlari o‘rniga Huawei mobil xizmatlaridan foydalanishni ma’qul ko‘radi.
Planshet 13 megapikselli f/1.8 diafragma orqa kamerasi va video qo‘ng‘iroqlar uchun 8 megapikselli f/2.0 old kamera bilan birga keladi.
To‘rtta Harman Kardon sertifikatiga ega dinamiklar bilan birga kelgan ushbu model to‘liq quvvat bilan 7.250 mAch quvvatga ega, 40 Vtda tezkor zaryadlanadi. Apple’ning iPad Pro modellari bilan raqobatlashadigan Huawei'ning 5G planshetining narxi 799 yevroga teng. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar