11:13 / 03.03.2020
3 219

Qizil, sariq, yashil: Xitoyda koronavirusni aniqlovchi QR-kod joriy etildi

Qizil, sariq, yashil: Xitoyda koronavirusni aniqlovchi QR-kod joriy etildi
Foto: «TheWorldNews.net»
Xitoy hukumati fuqarolarda koronavirusni aniqlovchi ilovani joriy etdi. Har bir foydalanuvchi uchun yashil, sariq va qizil ranglardagi QR-kod tatbiq etiladi. Ofis binolari va turarjoylarga kirishda, jamoat transportlariga chiqishda ularni ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Yashil rangli QR-kod egasi bemalol ishga borishi, jamoat transportidan foydalanishiga ruxsat beriladi.
Sariq kod egasidan bir hafta uyida o‘tirishni talab qilishlari mumkin.

Qizil kod egasi esa majburan ikki haftalik karantinga jo‘natiladi. Ushbu kod (qizil) virus tashuvchilari bilan birga uni yuqtirish xavfida gumon qilinganlar uchun joriy etiladi.

«Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, keyingi haftadan boshlab servis istalgan fuqaroning infeksion statusini uning identifikatsiya raqamini kiritish orqali bilib olish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qizil, sariq, yashil: Xitoyda koronavirusni aniqlovchi QR-kod joriy etildi