Koronavirus paydo bo‘lgandan beri o‘nlab mamlakatlar unga vaksina topilganini e’lon qilishdi. Birinchi bo‘lib Fransiya, undan keyin Isroil, yaqinda hatto Rossiya ham ro‘yxatga qo‘shildi. Lekin, virus chiqqaniga uch oydan oshdiki hali vaksina yo‘q.
Buning quyidagi asosiy sababi bor. Virus alohida ajratib olingandan so‘ng unga nisbatan vaksinalar ishlab chiqariladi va laboratoriya sharoitida tekshiriladi. Undan so‘ng vaksinaning effektini baholash uchun hayvonlarda test boshlanadi. Bu test uchun xalqaro tashkilotlardan, hukumatdan qator ruxsatnomalar olinishi shart.
Endi bir necha oylik hayvonlar ustida test ketadi. Bu sichqon, kalamush, maymun bo‘lishi mumkin.
Hayvonlarda ham muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda endi insonlarga test qilish uchun yana uzoq ruxsat olish jarayoni ketadi. Bir necha oy davom etadigan jarayondan so‘ng insonlarda test boshlanadi. Birinchi etapda vaksinaning kasallikka qarshi foydasi baholanadi. Agar foydali bo‘lib chiqqan taqdirda ham uni qo‘llashga shoshilishmaydi. Chunki vaksinani organizmga zarari ham bo‘lishi mumkin. Odamlarda rak yoki boshqa xavfli kasallik keltirib chiqaradigan vaksinalar tarixda bo‘lgan ekan.
Endi bir necha oy vaksinani boshqa effektlarini kuzatish jarayoni ketadi. Shundan ham eson-omon o‘tib olsagina, undan keyin yuristlar o‘rtasida brend uchun, litsenziya uchun janglar boshlanadi. Laboratoriya vaksinani ishlab chiqarishni kimlarga sotadi, kimlar ishlab chiqaradi. Buni ham aniqlab olishgandan so‘ng, endi zavodlarni qurib, ishlab chiqarishni boshlab, uni bir necha milliard odamga yetkazib berish kerak. Bu yillab vaqt olishi mumkin.
Shu uchun ham vaksina topildi degani, u hali muvaffaqiyatli testdan o‘tdi, ruxsatnoma olinib, ishlab chiqarib, shifoxonalarga yetkazildi degani emas. Sabr qilishda davom etamiz.
Hozirgi vaziyatda eng to‘g‘ri qaror testlar sonini maksimal ko‘paytirish, virus yuqtirganlarni tezroq aniqlash, ularni hammadan ajratish, karantin va gigiyena.
Firuz Allayev
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?