UMS «Good’Ok» xizmatini ishga tushirdi

UMS (Universal Mobile Systems) uyali aloqa operatori o‘z abonentlarini yangi taklif va xizmatlar bilan hursand qilishni davom etmoqda. Shu kunlarda kompaniya yangi «Good’Ok» ko‘ngilochar xizmati – oddiy kutish gudoklarini musiqa va xazillarga almashtirish imkoniyatini taqdim etmoqda.
«Good’Ok» xizmati abonentlarga o‘zligini namoyon qilish, musiqiy did va tanlovini ko‘rsatish, shuningdek, qo‘ng‘iroq qilayotgan insonga biroz yaxshi kayfiyat taqdim etish uchun qulaydir. Xizmatdan foydalanishda uyali aloqa vositasining funksional imkoniyatini ahamiyati yo‘q – «Good’Ok» nafaqat smartfonlarda, balki fichefonlarda (oddiy uyali telefonlarda) ishlaydi.
«Good’Ok» xizmatini yokish uchun bir nechta uslublardan foydalanish mumkin. 0550 raqamidagi bepul ovozli portal yordamida interaktiv tarzda taronalarni eshitish, tanlash va belgilash mumkin. Yanada keng imkoniyatlardan www.goodok.ums.uz portalida foydalanish mumkin. Qiziqtirgan qo‘shiqlar toifasini tanlagan yoki qidiruv tugmasidan foydalangan xolda nafaqat taronalarni eshitish va ularni raqamga belgilash, balki shaxsiy kabinetda taronalarning ijro etilish shartlarini sozlash mumkin. Tez orada portal imkoniyatlari yanada kengayadi, misol uchun, ma’lum kontakt yoki kontaklar guruhi uchun alohida qo‘shiqni belgilash, qo‘shiqlarning ijro etilish tartibini o‘rnatish, do‘stlarga qo‘shiqlarni sovg‘a qilish yoki o‘zining chiquvchi qo‘ng‘iroqlariga belgilash kabi funksiyalar kiritiladi.
Xozirgi kunda foydalanuvchilar e’tiboriga 500dan ziyod xit qo‘shiqlar va xazillar taqdim etilgan. Ularning soni doimiy tarzda ko‘payib bormoqda, va yaqin kelajakda «Good’Ok» xizmati bazasi 10 mingdan ziyod audiotreklardan tashkil topadi. Har bir abonent o‘zining fonotekasiga 50tagacha qo‘shiq qo‘shishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing