Foto: akket.com
Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020 yil mart oyi natijalarini e’lon qildi. Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston so‘nggi o‘ntalikda qolmoqda: 141ta mamlakat ichida 133-o‘rin. Fevral oyi bilan taqqoslaganda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini bir pog‘onaga yaxshilagan.
Simli aloqa bo‘yicha internet tezligi reytingida esa O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqorilab, 176 davlat orasida 95-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat bir yil ichida 36 pozitsiyaga ko‘tarilgan.
«Bu – mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi. Oxirgi yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 barovar o‘sdi: 11,62 Mbit/c dan (2019 yil mart holatiga) 26,92 Mbit/c gacha (2020 yil mart holatiga)», – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, Speedtest.net portali butun dunyodagi foydalanuvchilar tomonidan internetnet tezligini o‘lchashda foydalaniladi. Portal foydalanuvchilar bergan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tarzida tayyorlab, e’lon qiladi.
Portalda har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan ortiq testlar o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi