Foto: Behruz Hamzayev
Joriy yilning 13-15 aprel kunlari World Coronavirus Virtual Conference platformasi ostida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkaziladi. Kun.uz muxbiri konferensiya tashkilotchisi – World Influencers Network asoschisi Behruz Hamzayev bilan suhbatda bo‘ldi.
Konferensiyada pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalar, jumladan, iqtisodiyot, turizm, aviatsiya, biznes va boshqa 25ta sohalarda qanday vaziyat kuzatilishi, muammo yechimlari bo‘yicha spikerlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.
– Xalqaro konferensiya maqsadi nimalardan iborat?
– Butun dunyoda pandemiyaga qarshi qattiq kurash ketmoqda. Barcha tarmoqlar juda katta inqirozga yuz tutmoqda. Har bir mamlakat, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti ham og‘ir davrni boshdan kechiryapti. Hukumat vaziyatdan iloji boricha kamroq talafot bilan chiqib olishga harakat qilyapti. Ko‘rilayotgan oqilona chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayman.
Mana shunday vaziyatda biz fuqarolar nima qilishimiz mumkin, deb o‘yladim. Xalqaro tajribani bitta platformaga yig‘ib, har bir tarmoqqa foydasi tegadigan yo‘l xaritalarini tuzish g‘oyasi keldi.
Shunga asosan ilk marotaba World Coronavirus Virtual Conference nomi ostida butun dunyodan siyosatchi, shifokor, yirik farmatsevtik kompaniyalar egalari, biznes sohasi vakillarini virtual konferensiya atrofiga yig‘moqchimiz. Har bir mutaxassis o‘z sohasidan kelib chiqib, koronavirus ta’sirini yumshatish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar beradi.
Konferensiya mavzusi – koronavirus pandemiyasining kelib chiqishi, buguni va ertasi
Maqsadlarimiz aniq. Birinchidan, epidemiya oldini olishga qaratilgan eng samarali tajribalarni o‘rganish. Ikkinchidan, COVID-19ning iqtisodiyotga ta’sirini yumshatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Uchinchidan, inqirozdan chiqib ketishda yo‘l xaritasi ishlab chiqish. To‘rtinchidan, koronavirus ta’siri bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar qilish.
– Konferensiyada qatnashuvchi ekspertlar bilan qanday bog‘landingiz?
– Kasbim taqozosi bilan ko‘plab xalqaro biznes forumlarda qatnashganman. U yerda taniqli siyosatchi, biznes vakillari va boshqa mutaxassislar bilan tanishib, mustahkam aloqa o‘rnatish imkoniyati bo‘lgan. Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab 500 nafarga yaqin turli soha vakillari bilan aloqa o‘rnatganman. Onlayn konferensiya o‘tkazish taklifi bilan chiqqanimda ko‘pchiligi rozi bo‘lishdi.
Ularning ko‘pchiligi bilan LinkedIn biznes tarmog‘i orqali bog‘landim. Microsoft kompaniyasi asoschisi, milliarder Bill Geyts, rafiqasi Milenda Geyts bilan bog‘lanish uchun esa ularning ishchi elektron pochtasini qidirib topdik va o‘z maqsadimizni tushuntirdik. Tez kunlarda ijobiy xulosa olish niyatidamiz.
Virtual konferensiyada qatnashishi tasdiqlangan ekspertlar
– Konferensiya qay tartibda o‘tkaziladi?
– Bunda har bir spiker o‘z sohasi bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Masalan, biznes vakillari koronavirus pandemiyasi davridan qanday qilib kamroq talafotlarsiz chiqish usullari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalar berishadi. Iqtisodchilar esa inqiroz davrida hukumatlar qanday ta’sirchan choralar ko‘rishi lozimligi borasida fikrlarini aytishadi.
Masalan, Yangi Zelandiyaning Open Politic universiteti asoschilaridan biri Deyv Moskovis karantin vaqtida qanday qilib samarali onlayn ta’lim olish mumkinligi mavzusida gapiradi.
Spikerlar turli mamlakatlardan bo‘lgani uchun ularni bitta platformaga yig‘ish qiyin bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, konferensiya formatini o‘zgartirib, texnik nosozliklarga uchramaslik uchun spikerlarning chiqishini oldindan tayyorlangan intervyu shaklida namoyish etamiz.
Spikerlar pandemiya ta’siriga tushgan sohalarda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, bunda nimalar qilish kerakligi bo‘yicha mulohazalarini bildirishadi.
Bitta spiker uchun 20 daqiqa vaqt ajratilgan. Ularning nutqini Facebook, Youtube tarmoqlarida va konferensiya rasmiy saytida onlayn translyatsiya qilamiz.
Bundan tashqari, spiker nutqida eng muhim lavhalarini olib, 1 daqiqalik videolar tayyorlaymiz, bunda infografikali ma’lumot ham uzatiladi.
Konferensiya ingliz tilida bo‘lib o‘tadi. Rus, o‘zbek tillarida ham subtitr qo‘yishga harakat qilamiz.
Ushbu ekspertlarga taklif yuborilgan, hozirda ularning javobi kutilmoqda.
– Tadbirni o‘tkazish uchun qancha mablag‘ ajratildi?
– Onlayn konferensiyani o‘tkazish uchun o‘z shaxsiy mablag‘imni sarflamoqdaman. Bunda moliyaviy maqsadlar ko‘zlanmagan. Konferensiyani tashkillashtirishda xorijlik ekspertlar ham yaqindan yordam berishyapti.
Taklif etilgan ko‘plab ekspertlar ma’lum haq evaziga o‘z taklif-tavsiyalarini berishadi. Ammo biz ularga mavjud vaziyatni tushuntirdik va bepul asosda o‘z tajriba, tavsiyalari bilan o‘rtoqlashishga rozi bo‘lishdi.
– Ekspertlar tavsiya-takliflari amaliyotda qanchalik aks etishi mumkin?
– Biz platformada eng kuchli spikerlar guruhini tuzdik. Ularning har biri endigi vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini berishadi. O‘zbekistondagi shu soha vakillari ham xorijlik hamkasblari tajribalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Masalan, spikerlar tomonidan ta’lim bo‘yicha berilayotgan tavsiyalar O‘zbekistondagi shu soha mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqilishi, hayotga tatbiq etilishi ham mumkin. Qanchalik amaliyotda aks etishi vakolatli tashkilotlarga bog‘liq. Maqsadimiz – shu ikki tomon o‘rtasida vosita vazifasini bajarish.
Konferensiya tugagandan so‘ng spikerlar nutqidan keyinchalik foydalanish uchun audio ko‘rinishida Telegram-kanalga joylaymiz. Bundan tashqari, har bir spiker nutqini matn ko‘rinishida ham beramiz.
Muhabbat Mamirova suhbatlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Behruz Hamzayev – 2019 yili O‘zbekistonda tashkil etilgan World Influencers Congress (WIC-2019)ning ham tashkilotchisi hisoblanadi. Ushbu tadbir doirasida O‘zbekistonda butun dunyodan yuzga yaqin taniqli blogerlar tashrif buyurgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?