3 595
Prezident O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan traktorlarning sifati va narxini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 aprel kuni kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlarini ta’minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikalarni o‘z vaqtida sotish uchun xaridor bilan ishlash tizimini rivojlantirish, fermer va dehqonlarga bu borada kredit imtiyozlari berish zarurligi qayd etildi. «Agrotexsanoatxolding» kompaniyasiga qishloq xo‘jaligi texnikalarini elektron buyurtma asosida sotish tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mashinalari sifati va narxi tanqid qilindi, bu jihatda ular xorijniki bilan raqobatdosh emas. Texnika qimmat bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxiga ham ta’sir qiladi.
Shu munosabat bilan hamma texnika narx-navosini tahlil qilish asosida ishlab chiqarishni optimallashtirish, metall quyish quvvatlarini tezroq ishga tushirib, lokalizatsiya darajasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
«Mahalliylashtirishdan maqsad — o‘zimizning qishloqlarga mos, dehqonlarga to‘g‘ri keladigan hamyonbop milliy traktorlar ishlab chiqarish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Paxta terimini mexanizatsiyalashni jadallashtirish, joriy yil sentabrgacha joylarga kamida mingta paxta terish mashinasi yetkazib berish, barcha hududlarda servis markazlari tashkil etish vazifasi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?