10:21 / 18.04.2020
1 879

BAA kompaniyasi hisobidan yangi fotoelektrik stansiya quriladi

BAA kompaniyasi hisobidan yangi fotoelektrik stansiya quriladi
Tender Jahon banki guruhi tartib-taomillariga muvofiq o‘tkazildi. «Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar» (BAA) kompaniyasi g‘olib deb topildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi u bilan investitsiya bitimi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ esa elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim tuzdi (ikkalasi – 2019 yil 8 noyabrda).

Norma’ning yozishicha, O‘zbekistonda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi – investor nomidan ish yuritadigan «Nur Navoi Solar» MCHJ ta’sis etildi. Loyiha doirasida unga:

kreditlash, xorijiy valyutadagi mablag‘larni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari xorijiy valyutada kredit mablag‘lari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochishga;

O‘zbekiston tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni mamlakatimizdagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirishga ruxsat berildi.

Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qat’iy tarif – 1 kVt-s uchun $2,679 miqdorida (tarif investitsiya loyihasining butun 25 yillik muddati davomida xorijiy valyutada denominatsiyalangan) yagona xaridor – «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga sotish majburiyatini oldi. To‘lov mahalliy valyutada amalga oshiriladi. 5.05.2015 yildagi PQ-2343-son qarorda (5-bandi ikkinchi xatboshisi) nazarda tutilgan QQSdan ozod qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuningdek arab kompaniyasi kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasini qurishi va foydalanishga topshirilgandan keyin uni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga bepul asosda berishi shart.

Investor va loyiha kompaniyasining majburiyatlari $20 mln miqdoridagi bank kafolati bilan ta’minlanadi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini 6 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun investor foydasiga xorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditiv ochadi.

Hujjat 15.04.2020 yildan kuchga kirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » BAA kompaniyasi hisobidan yangi fotoelektrik stansiya quriladi